Bugun 2 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston "SHHT 2040" konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston "SHHT 2040" konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "SHHT 2040: Umumiy rivojlanish maydoni" konseptual qarashlarini ishlab chiqishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konsepsiyaning asosiy maqsadi investisiyalar, texnologiyalar va bilimlar erkin almashinadigan, yirik infratuzilma va sanoat loyihalari amalga oshiriladigan hamda mintaqalar, biznes va aholi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar kengaytiriladigan o‘zaro bog‘liq va barqaror makon yaratish bo‘lishi kerak.

Mirziyoyev shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, savdo bozorlari va logistikani birlashtiradigan SHHT Sanoat Hamkorligi Xaritasini ishlab chiqishni taklif qildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston SHHT Taraqqiyot Bankini amaliy ishga tushirish va transport, energetika, sanoat hamkorligi va raqamli infratuzilma sohalarida ustuvor loyihalar portfelini shakllantirishni boshlash zarur deb hisoblaydi.

Sun’iy intellektni rivojlantirish uchun O‘zbekiston SHHTning ochiq ko‘p tilli ma’lumotlar korpusini yaratishni va kelasi yili Toshkentda SHHTning Sun’iy intellekt va yangi raqamli yechimlar bo‘yicha forumini o‘tkazishni taklif qildi.

Mirziyoyev shuningdek, iqlim muammolarini hal qilish uchun SHHT mexanizmini yaratish, a’zo davlatlar temir yo‘l hududlarini integrasiya qilish bo‘yicha kengash tuzish va SHHTning Afg‘oniston bilan muntazam muloqotini qayta boshlashni taklif qildi.

Kiritildi: Bugun 06:50. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!