Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi chiptalari 15 mingdan 35 ming so‘mgacha

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi chiptalari 15 mingdan 35 ming so‘mgacha

Xabaringiz bor, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasida o‘z maydonida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Oldinroq xabar berganimizdek, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va bu orqali chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.  Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o‘yini chiptalari savdosini to‘liq hajmda amalga oshiradi.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Ishqibozlar endilikda vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilishlari mumkin.

Ayni paytda muxlislar mazkur uchrashuv chiptalarini iticket.uz saytida 3 xil toifada harid qilishlari mumkin:

1-toifa – 15 000 so‘m;

2-toifa – 25 000 so‘m;

CIP – 35 000 so‘m. 

Chipta bo‘yicha batafsil ma’lumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.

Kiritildi: 14:14 02.11.2019. O'qildi: 2590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!