Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Rossiyadan 10 ta metro poyezdini sotib oladi

O‘zbekiston Rossiyadan 10 ta metro poyezdini sotib oladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent metropolitenining yer usti liniyasi uchun o‘nta metro poyezdini sotib olish» loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «Toshkent metropoliteni» UK «Metrovagonmash» AJdan (Rossiya) o‘nta metro poyezdini 52,85 mln yevroga sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 

Qayd etilishicha, 5 aprel kuni INNOPROM-2021 xalqaro sanoat ko‘rgazmasida mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida kredit kelishuvi imzolandi. 

Kreditlarni moliyalashtirish «Rivojlanish va tashqi iqtisodiy ishlar banki» davlat korporasiyasi (30,4 mln yevro) va Rossiyaning eksport-import banki (22,4 mln yevro) manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, zamonaviy va O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan dastlabki 5 ta metro poyezdlarini yetkazib berish shu yilning yoz oyida amalga oshiriladi. Qolgan 5 ta poyezd 2021 yil oxirigacha olib kelinadi. 

Kiritildi: 22:41 07.04.2021. O'qildi: 2972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!