Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston — Rossiya bahsida futbolchilar qanday baholandi?

O‘zbekiston — Rossiya bahsida futbolchilar qanday baholandi?

Sofascore portali O‘zbekiston milliy terma jamoasining Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi futbolchilarimizga qo‘yilgan baholarni e’lon qildi.

Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida kechgan bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari ikki to‘plik ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, yakunda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Statistik portal ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston safida eng yaxshi ko‘rsatkichni Behruz Karimov qayd etdi. Gol muallifining harakatlari 7,3 ballga baholandi.

Darvozabon Nazarov 6,9, Dostonbek Hamdamov 6,8 ball oldi. Abbosbek Fayzullayev va Mahamadjonovga 6,7 balldan qo‘yildi.

Jamoa sardori Eldor Shomurodov 6,5 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Abdumajidov 5,5 ball bilan terma jamoamizdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘zbekiston futbolchilarining Sofascore baholari:

  1. Karimov — 7,3

  2. Nazarov — 6,9

  3. Hamdamov — 6,8

  4. Fayzullayev — 6,7

  5. Mahamadjonov — 6,7

  6. G‘aniyev — 6,6

  7. Mozgovoy — 6,6

  8. Shomurodov — 6,5

  9. Esanov — 6,3

  10. O‘rozov — 5,9

  11. Abdumajidov — 5,5

Rossiya terma jamoasida esa Sadulayev va Batrakov 7,2 balldan olib, eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi. Kislyak, Gladishev va Melyoxinning o‘yini 7,0 ballga baholandi.

Rossiya futbolchilarining Sofascore baholari:

  1. Sadulayev — 7,2

  2. Batrakov — 7,2

  3. Kislyak — 7,0

  4. Gladishev — 7,0

  5. Melyoxin — 7,0

  6. Oblyakov — 6,7

  7. Tyukavin — 6,5

  8. Silyanov — 6,5

  9. Krugovoy — 6,4

  10. Safonov — 6,4

  11. Vaxaniya — 6,0

Qayd etish joiz, O‘zbekiston mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, har ikki jamoa futbolchilari orasida eng yuqori ball aynan Behruz Karimovga tegishli bo‘ldi.

Kiritildi: 23:26 12.11.2026. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik