Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 165,1 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
✅ Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Turkmaniston — 89 218 nafar;
Tojikiston — 36 038 nafar;
Afg‘oniston — 32 232 nafar;
Turkiya — 1 166 nafar;
Xitoy — 1 132 nafar;
Hindiston — 857 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 799 nafar;
Koreya Respublikasi — 608 nafar;
Rossiya — 479 nafar;
AQSh — 383 nafar;
Boshqa davlatlar — 2 169 nafar.