Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘ldi

A A A
O‘zbekistonda yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘ldi

Mamlakatimizda 5 mingdan ziyod ishchisi bor, yillik daromadi 1 trillion so‘mdan oshgan, kamida 100 milliard so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkorlar paydo bo‘ldi.

Bu korxonalar eng ilg‘or texnologiyalar va yangicha boshqaruvni joriy etgan, o‘zlari arzon resurs olib kelayapti, kredit va soliqni o‘z vaqtida to‘layapti, muddati o‘tgan qarzi yo‘q.

Muhimi, ular har kuni yangilikka intilib, izlanishdan to‘xtamayapti. Ular ko‘p tarmoqli korporasiyaga aylanib, yondosh sohalar rivojiga ham katta hissa qo‘shayapti.

Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.

Bunday tadbirkorlarga yer va binoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish, davlat korxonalarini ham uzoq muddatga boshqaruvga topshirish, harbiy sanoat, dronlar ishlab chiqarish, IT va sun’iy intellektni keng rivojlantirishda ular bilan manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligi qayd etildi.

Kiritildi: 14:50 20.12.2024. O'qildi: 4982 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!