AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp uning ma’muriyati faqat erkak va ayol jinsi bo‘lgan gender siyosatiga amal qilishini aytdi.
Siyosatchi bu haqda Feniks (Arizona) shahrida bo‘lib o‘tgan AmericaFest anjumanida gapirgan.
"Tramp ma’muriyati davrida Qo‘shma Shtatlar hukumatining rasmiy siyosati shundan iboratki, faqat ikkita jins mavjud: erkak va ayol. Bu juda murakkab ko‘rinmaydi, to‘g‘rimi?" - dedi u.
Biznesmen Vivek Ramasvami bilan birgalikda Tramp ma’muriyatida hukumat samaradorligini oshirish va byurokratiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi bo‘limni boshqaradigan milliarder Ilon Mask demokrat Jo Baydenning amaldagi ma’muriyatining gender siyosatini ham tanqid qildi.