Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini sotib ola boshladi

O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini sotib ola boshladi

Rossiya neft ta’minotidagi uzilishlar fonida O‘zbekiston yoqilg‘i importni diversifikasiya qilmoqda.

2025 yilning birinchi yarmida Rossiyadan neft va kondensat yetkazib berish hajmi ikki baravarga kamaydi.

Shu bilan birga, Turkmanistondan xomashyo 5 baravar, Qozog‘istondan gaz kondensati 3 baravarga yaqin ko‘paydi.
➖ Qozog‘iston benzini importi qariyb 10 baravarga o‘sdi;
➖ dizel importi ko‘paydi, mazutniki esa qisqardi — mamlakat undan voz kechishni rejalashtirmoqda;
➖ Rossiyadan aviakerosin yetkazib berish ortib, Toshkentda katta zaxira shakllandi.

Natijada, O‘zbekiston neft mahsulotlari importida Rossiyaga qaramlikni kamaytirar ekan, Qozog‘iston va Turkmaniston bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

Kiritildi: 22:48 27.09.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!