Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Moskvada ham elektr energiyasi to‘liq o‘chadi"

"Moskvada ham elektr energiyasi to‘liq o‘chadi"

Agar rossiyaliklar Ukraina poytaxtida blekaut yuzaga keltirish bilan tahdid qiladigan bo‘lsa, Moskvada ham elektr energiyasi to‘liq o‘chadi, dedi Vladimir Zelenskiy.

Ukraina prezidenti bu haqda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

◾️ Vengriya o‘zi uchun juda xavfli ishlar qilmoqda, u dronlar yordamida Ukraina hududida razvedka harakatlarini amalga oshirmoqda;

◾️ Kiyev AQSh prezidenti Donald Trampga 90 milliard dollarlik zaruriy qurol-aslahalar ro‘yxatini topshirdi;

◾️ Ukraina bir oydan beri Isroil tomonidan yetkazilgan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimidan foydalanmoqda. Ukraina kuzda yana 2 ta Patriot tizimini oladi;

◾️ 10 sentyabr kuni Rossiya Polsha tomon 100 ga yaqin dron uchirgandi, biz ularning asosiy qismini o‘z hududimizda urib tushirganmiz.

Kiritildi: 21:58 27.09.2025. O'qildi: 970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!