Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

2025 yilning eng yaxshi elektromobillari aniqlandi

2025 yilning eng yaxshi elektromobillari aniqlandi

Hozirgi kunda ko‘plab mashhur brendlar elektromobil ishlab chiqarmoqda. Shu sababli, ko‘plab xaridorlar qaysi modelga e’tibor qaratish kerakligini aniqlashga qiynaladi.

Britaniyaning Autocar nashri 2025 yilning eng yaxshi 10 ta elektromobilini e’lon qildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu modellar barcha raqobatchilaridan ustundir.

2025 yilning eng yaxshi elektromobillari TOP-10:

- Kia EV3

- Hyundai Ioniq 5 N

- Cupra Born

- Renault 5 EV

- Volkswagen ID 7

- Porsche Taycan

- Rolls-Royce Spectre

- Tesla Model 3

- BMW i7

- Skoda Elroq

Kia EV3 2025 yilning eng yaxshi elektromobili deb topildi. Bu 2024 yildan beri ishlab chiqarilayotgan ixcham elektr krossover.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Kia EV3 o‘z segmenti uchun katta masofa zaxirasiga, shuningdek, juda qulay axborot-ko‘ngilochar tizimga ega. Modelning yana bir afzalligi keng interiyer va sig‘imli yukxona deb ataldi.

Ta’kidlanishicha, model amaliylik, samaradorlik, diapazon va ko‘p qirralilikni yetarlicha hamyonbop to‘plamda uyg‘unlashtiradi va raqobatchilar orasida ancha jozibador variant hisoblanadi.

Uning katta quvvatli (81,4 kVt·soat) akkumulyatori raqiblaridan ustun bo‘lib, 375 mil masofani bosib o‘tishga imkon beradi, ammo kamchiligi narxi bo‘lib, 32 215 funt sterlingdan boshlanadi.

Kiritildi: 23:33 27.09.2025. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!