8 yanvar kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Uch tomonlama uchrashuv O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari tutashgan joyda bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida uch davlat prezidentlari o‘rtasida davlat chegarasi masalalari bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlar yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.