Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Kiyevda Ukraina qurolli kuchlarining qarindoshlari demobilizasiya talab qilib miting o‘tkazdi

Kiyevda Ukraina qurolli kuchlarining qarindoshlari demobilizasiya talab qilib miting o‘tkazdi

Kiyevda Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining bir necha o‘nlab qarindoshlari armiyada xizmat qilishning aniq muddatlarini belgilash va demobilizasiya jarayonini ta’minlashni talab qilib norozilik mitingini o‘tkazmoqda. Bu haqda "TASS" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dastlab namoyishchilar Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi binosi yonida to‘planib, "Nega askarlar huquq o‘rniga faqat mas’uliyatga ega?" degan shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab turishgan va boshqalar aksiya ishtirokchilari oldiga Bosh shtab Harbiy hamkorlik markaziy boshqarmasi vakili Stanislav Boychuk kelib, "demobilizasiya to‘g‘risidagi qonun hali qabul qilinmaydi, chunki bu yerda odam yetarli emas" - dedi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, frontdagi harbiy xizmatchilarga muqobil – 90 kunlik ta’til taklif etiladi. Boychuk qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilayotganini ta’kidladi, biroq muddat ko‘rsatilmagan.

Shundan so‘ng namoyishchilar Oliy Radaga yo‘l olishdi. Ular hukumat kvartalida parlament binosiga olib boruvchi yo‘lni to‘sib: "Qani va’da qilingan qonun? Armiya qullik emas!" - deb hayqirishdi.

Kiritildi: 18:47 08.01.2025. O'qildi: 2413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!