Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

"Suriya va Turkiyadan kelayotgan tahdid Eron tahdididan ham xavfliroq bo‘lib ketishi mumkin"

"Suriya va Turkiyadan kelayotgan tahdid Eron tahdididan ham xavfliroq bo‘lib ketishi mumkin"

Isroil hukumatning Nagel qo‘mitasi Turkiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqida bayonot berdi, deb xabar bermoqda The Jerusalem Post.

Qo‘mitaga ko‘ra, Anqara Usmoniylar imperiyasi davridagi ta’sirini tiklashga intilayotgan bo‘lib, bu Isroil bilan mojaroga olib kelishi mumkin. Turkiya Suriyadagi kuchlar bilan ittifoq tuzishi, ular esa hududiy beqarorlikni kuchaytirish uchun vositachi sifatida harakat qilishi mumkin.

"Suriya va Turkiyadan kelayotgan tahdid Eron tahdididan ham xavfliroq bo‘lib ketishi mumkin", deyiladi kecha Isroil rahbariyatiga taqdim etilgan hisobotda.

Qo‘mita Isroil mudofaa byudjetiga ko‘proq mablag‘ ajratishni, aviasiya, dronlar, sun’iy yo‘ldoshlar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va boshqa qurol-yarog‘larni ko‘proq sotib olishni taklif qilmoqda.

"Yaqin Sharqda asosiy o‘zgarishlarni kuzatib boryapmiz. Eron uzoq vaqt davomida eng katta tahdidimiz bo‘lib kelgan, ammo yangi kuchlar maydonga chiqmoqda va biz kutilmagan vaziyatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Ushbu hisobot Isroil kelajagini ta’minlash uchun yo‘l xaritasini taqdim etadi", — dedi bosh vazir Binyamin Netanyahu.

Eslatib o‘tamiz, Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgandan so‘ng, Isroil Golan tepaliklaridagi bufer zonasiga quruqlikdan bostirib kirgan edi.

Kiritildi: 16:32 08.01.2025. O'qildi: 3359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!