Yangi yil boshlanishi bilan Sharqiy Anado‘li keskin sovish davriga kirdi, deb xabar beradi AZERTADJ.
4 yanvarga o‘tar kechasi Erzurum provinsiyasining Tekman tumanida termometrlar rekord darajada - minus 33,1 darajaga tushdi.
Turkiya meteorologiya bosh boshqarmasi Erzurumning Gadjiomer qishlog‘ini “mamlakatdagi oxirgi 24 soat ichida eng sovuq nuqta” deb e’lon qildi.
Daryolar va ko‘llar muz bilan qoplangan. Aholiga o‘ta zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi.
Ardaxon provinsiyasining Gele tumanida havo harorati 28,8 darajagacha sovuq, Erzinjonning Chayirli tumanida minus 27,8 gacha, Vanning Chaldiran tumanida minus 26,6 gacha, Sarikamishda (Kars) minus 22,1 darajagacha sovuq qayd etildi.
Turkiya sharqidagi qattiq sovuqlar 8 yanvargacha davom etadi.