Lukashenko hokimiyatga yopishib olmagani va uni tinch yo‘l bilan topshirish uchun barcha ishni qilishga tayyorligini bildirdi.
"Men hokimiyatga yopishib olmaganman. Belarusda hokimiyatni yangi avlodga tinch, xotirjam topshirish uchun barcha ishni qilaman. Yangi hukumat davrida ham yashash nasib etishiga umid qilaman. Men farzandlarimning qanday yashashini ko‘rmoqchiman. Mana mening maqsadim", — dedi Bularus prezidenti Minsk viloyatidagi cherkovga tashrifida chog‘ida.
Ma’lumot uchun, Belarusda navbatdagi prezidentlik saylovi 2025 yil 26 yanvarda o‘tkazilishi belgilangan. Saylovda besh nafar nomzod, jumladan, 1994 yildan beri mamlakat prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Aleksandr Lukashenko ham ishtirok etadi. Bu Lukashenko uchun yettinchi prezidentlik saylovi hisoblanadi.