AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Silikon vodiysidan kelgan venchur sarmoyador Jeffri Saksning intervyusini joylashtirdi. Unda u Isroil bosh vazirini "AQShni barcha urushlarga tortishda" ayblagan.
Videoda Kolumbiya universiteti professori Jeffri Saks Netanyahuni "qora itvachcha" deb atab, uni Suriya va Iroqdagi urush uchun javobgarlikda, shuningdek, AQShni Eron bilan to‘qnashuvga undashda ayblagan.
Dekabr oyida Tramp Saksni o‘zining kelajakdagi ma’muriyatida sun’iy intellekt va kriptovalyuta siyosati bo‘yicha rahbar etib tayinladi.