Oliy sud diniy ekstremistik va terroristik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlangan 1 ming 400 ga yaqin manbalar ro‘yxatini e’lon qildi. Taqiqlangan profil va materiallarning asosiy qismi Telegram messenjeri, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati e’lon qilindi.
2025 yil 8 yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga 1 ming 389 ta turli profil, kanal va materiallar kiritilgan. Xususan:
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov fuqarolardan «diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan saqlanishni va ulardan yiroq bo‘lish»ni so‘ragan.