Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Prezidenti XMT bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti XMT bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyul kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungboni qabul qildi.

BMTning ushbu nufuzli instituti bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

XMT bosh direktori samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning mehnatkashlar huquqlarini ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratish va xalqaro konvensiyalarni implementasiya qilish borasidagi yutuqlariga yuqori baho berdi.

Shu munosabat bilan o‘z tashrifini O‘zbekiston rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ifodasi deb atadi.

XMT mamlakatimiz tajribasini xalqaro miqyosda o‘rganish va qo‘llash uchun muvaffaqiyatli model sifatida ko‘rayotgani ta’kidlandi. Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston tashkilotning Ma’muriy kengashiga saylanishi buning e’tirofi bo‘ldi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Tashkilot ko‘magida O‘zbekistonda mehnat sohasida 40 dan ortiq normativ hujjat qabul qilindi, 22 ta xalqaro konvensiya ratifikasiyalandi.

Ijtimoiy adolat tamoyillarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan, "Ijtimoiy adolat global koalisiyasi" doirasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi Mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.

Kiritildi: 17:54 09.07.2024. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!