Bugun 6 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida 3 sentyabr kuni Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi.

Tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari, jumladan, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vyetnam, Misr va boshqa davlatlar yetakchilari ishtirok etdi.

XXR Raisi Si Szinpin o‘z nutqida bugungi sharoitda tarixiy xotirani asrab-avaylash, tinchlikni saqlash va adolatni ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi ishtirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviasiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish etildi.

Bunday paradlar 1949 yildan buyon Pekinda o‘tkazib kelinadi, qurolli kuchlarning so‘nggi katta ko‘rigi esa 2019 yil 1 oktyabrda bo‘lib o‘tgan va unda 15 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pekin shahridagi tantanali tadbirlarda ishtiroki mamlakatimizning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida mintaqaviy va global darajada konstruktiv muloqotni rivojlantirishga qaratilgan izchil tashqi siyosatining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.

Kiritildi: 09:22 03.09.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!