Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining biznes forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining biznes forumida ishtirok etdi

“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama biznes forumida ishtirok etdi.

Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaga Yaponiya investisiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish, sanoat kooperasiyasini kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilindi. “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI ko‘magida O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish, “Toyota Susho” ishtirokida AT infratuzilmasini modernizasiya qilish, “Sojitz” kompaniyasi tomonidan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, “JOGMEC” ishtirokida yangi o‘ta muhim mineral konlarini o‘zlashtirish kabi O‘zbekiston – Yaponiya investisiya tashabbuslari shular jumlasidan.

Etakchilar huzurida tegishli loyihalar bo‘yicha hujjatlar almashildi.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!