Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston OTB ishtirokida xususiy sektor bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishdan manfaatdor

O‘zbekiston OTB ishtirokida xususiy sektor bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishdan manfaatdor

“Ayniqsa, hozirgi texnologiyalar asrida kritik minerallar uchun raqobat kun sayin avj olayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Xalqaro ekspertlarga ko‘ra, 2040 yilga borib, sanoat uchun muhim minerallarga talab 6 barobar oshadi. Bu – yangi imkoniyat”, – dedi Prezidentimiz.

O‘zbekiston mis, volfram, molibden, magniy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxirasiga ega. Bu salohiyatni ishga solish maqsadida koreyalik hamkorlar bilan “R&D” markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Toshkent va Samarqand viloyatlarida “Kelajak metallari texnoparki” bunyod etilmoqda.

AQSH, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarning yirik kompaniyalari bilan qiymati 1,6 milliard dollarlik 70 dan ziyod loyiha boshlangan.

“Biz nafaqat foydali minerallarni qazib olish, balki ularni chuqur qayta ishlash orqali iqtisodiyot rivojiga yangi turtki berishni maqsad qilganmiz.

Osiyo taraqqiyot bankining “Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturiga qo‘shilish va uning doirasida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishni taklif etamiz”, – dedi Prezidentimiz.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!