Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp va Eron o‘zaro tahdidli bayonotlar almashishda davom etmoqda

Tramp va Eron o‘zaro tahdidli bayonotlar almashishda davom etmoqda

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Trampning ixtiyorida faqat "imkonsiz harbiy operasiya" va "foydasiz kelishuv" o‘rtasida tanlov qolganini aytyapti.

Davlat televideniyesi orqali uzatilgan xabarda ma’lum bo‘lishicha, "Xitoy, Rossiya va Yevropa Trampga qarshi pozisiyasini o‘zgartirgan" va AQSh prezidenti endi bir qarorga kelishi shart.

"Eron Pentagon uchun blokada bo‘yicha yakuniy muddatni belgiladi. Xitoy, Yevropa va Rossiya o‘z pozisiyasini o‘zgartirmoqda. Bularning barchasi faqat bir narsani anglatadi: Tramp imkonsiz harbiy operasiya yoki Eron Islom Respublikasi bilan yomon kelishuvdan birini tanlashi kerak. AQShning hiyla qilish maydoni toraydi", — deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, Tramp Eronning yangi taklifini katta ehtimol bilan rad etishini bildirdi.

"Men yaqin orada Eron bizga yuborgan rejani ko‘rib chiqaman, lekin uning qabul qilinishini tasavvur qilolmayman. Chunki ular so‘nggi 47 yil davomida insoniyat va butun dunyoga qilgan ishlari uchun hali yetarlicha jazolanmadilar", — dedi Donald Tramp.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!