O‘zbekiston oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan Markaziy Osiyodagi birinchi davlat. Bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik ham kuchaytirildi.
Ammo bu bilan cheklanib qolmaslik kerak. Zo‘ravonlik holatlariga qarshi tezkor chora ko‘rishning samarali tizimini ishlab chiqish zarur.
Ko‘pincha haqiqiy ahvol ko‘zga ko‘rinmaydi, ko‘p narsa yashiriladi. Biz hali ham statistikani oshkor qilishdan, ta’na-malomatga qolishdan, obro‘yimiz to‘kilishidan qo‘rqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz.
Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlar bilan ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash, ularga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, erta homiladorlik sabablari va ularning oldini olish choralari kabi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
"Barcha mas’ul rahbarlarni bugungi suhbatdan tegishli xulosa chiqarishga chaqiraman. Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash, ayollar va bolalarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish quruq gapda emas, amalda namoyon bo‘lishi kerak", dedi u.
Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq.