Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston MTJ BAAga ertaroq yo‘l oladi

O‘zbekiston MTJ BAAga ertaroq yo‘l oladi

Superliganing 2025 yilgi mavsumiga ko‘ra 29 ta tur juma, shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelgan.

Ya’ni PFL joriy mavsum muxlislar va klublar uchun haqiqiy uikend qilib bergan. Faqatgina 1 ta tur 30-31 avgust sanalariga to‘g‘ri kelib qolgani uchun shanba va yakshanbadan qochilgan.

Bunga asosiy sabab sifatida O‘FA joriy mavsum O‘zbekistonda katta musobaqalar o‘tkazmayotganini keltirish mumkin. Avvalroq PFL ham aynan shu kabi musobaqalar ham taqvim, ham maydonlar masalasida Superliga katta ta’sir o‘tkazishini ko‘p bor ta’kidlagan.

Aslida 2025 yil O‘FA tomonidan taqvimga ortiqcha putur yetkazilmagan ilk mavsum sifatida tarixda qolishi mumkin edi. Biroq bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘FA taklifi bilan Superliga 12-turi keyinroqqa qoldiriladi va Timur Kapadze BAA bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun Dubayga ertaroq yo‘l oladi. PFL mazkur tashabbusni faqatgina mahalliy futbolchilar emas, legionerlar ham terma lageriga ertaroq yetib kelayotgani uchun qo‘llab-quvvatlagan. Yevropada mavsum may oyi so‘ngida yakuniga yetishidan kelib chiqib, barcha legionerlar terma ixtiyoriga ertaroq yetib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 iyun kuni JCh 3-saralash bosqichi 9-turi doirasida BAAga safar uyushtiradi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu-Dabidagi "Al Nahayyon" stadionida boshlanadi.

Kiritildi: 09:58 22.04.2025. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!