Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi chap qanot himoyachilari Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Farruh Sayfiyev bilan shartnoma yakunlangan.
TopPodcast telegram-kanali xabariga ko‘ra, klub har ikkala futbolchini o‘z safida saqlab qolmoqchi.
Yo‘ldoshev "Neftchi"ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifi rad qilgan va jamoadan ketgan. Farruh Sayfiyevga ham yangi bitim taklif qilingan. Futbolchi hozircha yakuniy qarorga kelmagan. Sayfiyevni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lganlar orasida "Nasaf" va "Dinamo" jamoalari ham borligi aytilmoqda.
34 yoshli fullbek tez orada "Nasaf" va "Neftchi" o‘rtasida tanlov qilishi kutilmoqda.