Hozirda Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi rejasiga ko‘ra, navbatdagi tayyorgarlik bosqichida qiziqarli bahs tashkil etiladi.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatovning ma’lum qilishicha, 22 may kuni poytaxtdagi “Bunyodkor“ stadionida milliy terma jamoa a’zolari ikki tarkibga bo‘lingan holda o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur nazorat bahsi yopiq eshiklar ortida emas, balki muxlislar ishtirokida o‘tishi kutilmoqda. Bu esa ishqibozlar uchun terma jamoaning hozirgi holati va yangi jalb etilgan futbolchilarning imkoniyatlarini yaqindan kuzatish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.