Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron o‘zining ba’zi samolyotlarini Pokiston va Afg‘onistonga ko‘chirdi

Eron o‘zining ba’zi samolyotlarini Pokiston va Afg‘onistonga ko‘chirdi

Eron AQShning ehtimoliy hujumlari xavfi tufayli Pokiston va Afg‘onistonga ba’zi harbiy va fuqarolik samolyotlarini ko‘chirgani aytilmoqda.

Bu haqda CBS News xabardor manbalarga tayanib ma’lum qildi.

Ushbu manbalarga ko‘ra, Eron harbiy samolyotlari Islomobod janubida joylashgan Nur Xon aviabazasiga yuborilgan. O‘tkazilgan samolyotlar orasida razvedka missiyalari uchun mo‘ljallangan S-130 harbiy transport samolyotining modifikasiyalangan versiyasi bo‘lgan RC-130 samolyoti ham bo‘lgan.

Kanal manbalari shuningdek, harbiy harakatlar boshlanishidan sal oldin Eronning Mahan Air aviakompaniyasi o‘zining bir nechta samolyotlarini Kobulga olib ketganini xabar qilishdi. Eron havo hududi yopilgandan so‘ng, ular Afg‘onistonda qolishdi. Keyinchalik, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi fonida samolyotlar Eron chegarasi yaqinida joylashgan Hirot ayeroportiga ko‘chirilgani aytilmoqda.

Biroq, Tolibon hukumati vakili Zabihulla Mujohid CBS Newsga bergan izohida bu da’volarni rad etdi.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!