6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Koreya Respublikasi uchrashuvi ertaga, 6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.