Endi quyidagi holatlarda BHMning 7 baravari (deyarli 2,9 mln so‘m) miqdorida jarima solinadi:
🔹 Raqamli nazorat uskunasisiz (taxografsiz) yuk yoki yo‘lovchi tashish.
🔹 Nosoz taxografdan foydalanish yoki uni ataylab o‘chirib qo‘yish.
🔹 Taxografni o‘chirib qo‘ygan holda, haydovchining taxografda foydalaniladigan kartaga ega bo‘lmagan holatida.
🔹 Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzishi.
Bu talablar xalqaro yo‘nalishda avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashuvchilar hamda M3 va N3 toifali (katta hajmli avtobuslar va og‘ir yuk mashinalari) transportlarda 400 km va undan ortiq masofaga shaharlararo qatnovchilarga taalluqli.
Mazkur Qonun 2026 yil 10 maydan kuchga kiradi.