Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston may oyida 1 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan

O‘zbekiston may oyida 1 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan

2025 yil may oyida O‘zbekiston 1 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu natija tashqi savdoda eksport hajmini sezilarli oshirib, mamlakatga valyuta tushumlarini ko‘paytirmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 31,3 mlrd dollarga yetdi. Shu davrda eksport 14,8 mlrd dollarni tashkil etdi va 2024 yilning mos davriga nisbatan 31,1 foizga oshdi. Import hajmi esa 16,5 mlrd dollar bo‘lib, 3,7 foizga ko‘paydi.

May oyida O‘zbekistonning tashqi savdosida salbiy saldo 1,68 mlrd dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich aprel oyida 0,85 mlrd dollar bo‘lgan edi. Salbiy balans ortishiga qaramay, eksportdagi o‘sishda oltin asosiy drayver bo‘ldi.

May oyida mamlakat 1 mlrd dollarlik oltin sotdi. Joriy yil boshidan beri esa umumiy oltin eksporti 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 56,9 foizga ko‘proq.

Ta’kidlanishicha, jahon bozorida oltin narxlarining rekord darajaga ko‘tarilgani O‘zbekistonning oltin eksport hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Joriy yilning 5 oyi ichida sotilgan oltin miqdori 2024 yildagi 11 oylik ko‘rsatkichga deyarli tenglashdi.

Moliyachilar fikricha, oltin orqali mamlakatga yirik miqdorda valyuta tushayotgani ichki bozorda dollar narxining tushishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdosida oltin muhim o‘rin tutayotgani, mamlakatning eksport salohiyatini yanada mustahkamlayotganini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 17:07 24.06.2025. O'qildi: 583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!