Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston korporativ sport assosiasiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston korporativ sport assosiasiyasi tashkil etildi

Tadbirkorlik sub’ektlarini sportga jalb qilish va ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilishini tizimli tarzda yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston korporativ sport assosiasiyasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sport tashkilotlari rahbarlari hamda 200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirokida assosiasiyasini tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov assosiasiya raisi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev raisning birinchi o‘rinbosari etib saylandi.

Shuningdek, turli sport turlari bo‘yicha assosiasiya Boshqaruv kengashi a’zolari sifatida quyidagi yirik tadbirkorlar belgilandi:

  • Bekzod Mamatqulov — futbol va futzal;
  • Zafar Hoshimov — basketbol;
  • Bahodir Abdullayev — stol tennisi;
  • Murod Nazarov — yengil atletika.
Kiritildi: 17:41 09.05.2025. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!