O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida Rossiya Federasiyasi bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlovchi protokol imzolandi.
Hujjat 2025 yil 21 dekabr kuni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan birgalikda imzolangan.
Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runovning ma’lum qilishicha, muzokaralar uzluksiz, mazmunli va konstruktiv tarzda o‘tgan. U Rossiya tomonining O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonidagi faol ishtirokini alohida ta’kidlagan.
«Ayrim ishlar hali bajarilishi kerak bo‘lsa-da, endilikda biz ko‘p tomonlama muzokaralarni ilgari surish, qonunchilikni JST talablariga moslashtirish va kelgusi yilda a’zolik jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashga butun e’tiborimizni qaratamiz», — deb yozgan Azizbek O‘runov.