Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish qarori Tramp uchun kutilmagan harakat bo‘ldi — CNN

Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish qarori Tramp uchun kutilmagan harakat bo‘ldi — CNN


Telekanal xabariga ko‘ra, Pentagon va AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Eronga qarshi amaliyotni rejalashtirish jarayonida Tehronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishga tayyorligini ancha past baholagan.

CNN bilan suhbatlashgan bir necha manbalarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati harbiy harakatlarning ehtimoliy iqtisodiy oqibatlarini ham to‘liq baholamagan. Natijada ayrim amaldorlar hozirgi vaziyatni AQSh uchun “eng yomon ssenariy” deb atamoqda.

Harbiy amaliyotning barcha bosqichlarini rejalashtirish jarayonida Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishi ehtimoli haqidagi bahslar ikkinchi darajaga tushib qolgan.

AQSh Eronning bunday qadamga borishiga tayyorligini past baholagan, chunki ular bunday harakat Tehronning o‘ziga ancha katta zarar yetkazadi, deb hisoblagan.

Kiritildi: Bugun 08:23. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!