Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston IIV rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi

A A A
O‘zbekiston IIV rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi

Hacked by MSecurity.Pro xakerlar jamoasi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “IIV.uz” rasmiy saytiga hujum uyushtirdi.

Idora saytiga yaqin 20 daqiqadan buyon kirib bo‘lmayapti. Asosiy sahifaga xakerlik guruhining logotipi joylashtirilgan va u yerga “Biz bir butunlikda kuchli jamoamiz va hech kimdan qo‘rqmaymiz”, deya izoh yozilgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov holatga munosabat bildirib, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi va vazirlikning hukumat portalidagi sahifasiga tegishli havola (https://gov.uz/iiv/) bilan bo‘lishdi.

E’tiborli jihati, Ichki ishlar vazirligining rasmiy Telegram kanali 4 yanvarga qadar e’lon qilgan xabarlari ostiga aynan hujumga uchragan “IIV.uz” saytiga havola berib kelgan.

Kiritildi: 14:11 05.01.2024. O'qildi: 1576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!