Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati bilan davlat korxonalarida samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli va barqaror bizneslarni shakllantirish hamda mahalliy kapital bozorini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilayotganidan faxrlanadi.
Bu fikrni “Franklin Templeton” bosh ijrochi direktori Jenni Jonson O‘zbekiston Milliy investisiya jamg‘armasining London fond birjasidagi tarixiy IPO marosimida bildirdi.
Ta’kidlanishicha, UzNIF aksiyalarining xalqaro maydonga chiqishi nafaqat moliyaviy bitim, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi va jahon kapital bozorlari bilan integrasiyalashuvining muhim bosqichiga aylandi.
Mutaxassislar fikricha, dunyoning eng yirik investisiya kompaniyalari tomonidan bildirilayotgan bunday e’tiroflar O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarga xalqaro ishonch tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.