Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Global innovasiya indeksining 2025 yilgi natijasida 79-o‘rinni egalladi

A A A
O‘zbekiston Global innovasiya indeksining 2025 yilgi natijasida 79-o‘rinni egalladi

Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) hamkorligida tayyorlangan 2025 yilgi Global innovasiya indeksida O‘zbekiston 139 ta mamlakat orasida 79-o‘rinni egalladi.

Quyi va o‘rta daromadli mamlakatlar orasida 7-o‘rin (o‘tgan yili – 10-o‘rin), Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida esa Hindiston va Erondan keyin 3-o‘rinni qayd etdi.

Indeksida “Inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar”, “Bozor rivojlanishi”, “Infratuzilma” hamda “Bilim va texnologiya mahsulotlari” yo‘nalishlarida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari sezilarli yaxshilandi.

Shu bilan birga, “Startap va skeylaplarni moliyalashtirish” indikatori bo‘yicha mamlakatimiz jahonda 6-o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 18:46 16.09.2025. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!