Italiyalik dizayner Stefano Richchi O‘zbekiston uchun kolleksiya yaratdi.
Stefano Richchi tomonidan yaratilgan oyoq kiyimlarida O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasvirlangan.
Bu assortimentga quyidagilar kiradi: futbolkalar, jinsi shimlar, kepkalar, sport kostyumlari. Manbaga ko‘ra, emblemali oq krossovkalar 18 000 000 so‘mga narxlangan.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar davlat ramzining oyoq kiyimida aks ettirilishini haqorat deya izohladi.