Bugun 20 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston fuqarolari uchun Turkiyaga aviachiptalar narxi arzonlashdi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Turkiyaga aviachiptalar narxi arzonlashdi

Aviasales.uz joriy yilning yoz faslida O‘zbekiston sayohatchilari orasida Turkiyaga reyslarga talab ortganini tahlil qildi va qayd etdi.

Aviachiptalarga talab o‘tgan yozga nisbatan 21 foizga oshgani va eng tez o‘sayotgan yo‘nalish Samarqand – Istanbul yo‘nalishi bo‘lgani aniqlandi. Mutaxassislarning fikricha, Turkiyaga aviachiptalarning o‘rtacha narxining pasayishi parvozlar chastotasining oshishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan chiptalarning o‘rtacha narxi 7,5 foizga arzonlashgan.

2024 yil yoz faslidagi eng mashhur 5 ta yo‘nalish:

•Toshkent – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 68 foizi

Samarqand – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 15 foizi

Toshkent – Antaliya, Turkiyaga barcha bronlarning 7 foizi

Samarqand – Izmir, Turkiyaga barcha bronlarning 4 foizi

Farg‘ona – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 2,8 foizi

2023 yil yoz faslidagi eng mashhur 5 ta yo‘nalish:

Toshkent – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 76 foizi

Farg‘ona – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 6,5 foizi

Toshkent – Antaliya, Turkiyaga barcha bronlarning 5,8 foizi

Samarqand – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 4,4 foizi

Urganch – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 3 foizi

Joriy yilning iyun oyida «Qanot Sharq» va «Uzbekistan Airways» aviakompaniyalari O‘zbekistonning sakkiz shahri – Namangan, Qarshi va Nukusdan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bundan tashqari, Turkiyaning Antaliya, Alaniya, Dalaman va Bodrum kabi kurort shaharlariga muntazam va charter reyslari taklif etilmoqda.

Chiptalar narxi mavsumga qarab 1,5 million so‘mdan 2,7 milliongacha o‘zgarishi mumkin.

Kiritildi: 18:41 09.07.2024. O'qildi: 1730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!