Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarolari uchun Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

London shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi direktori Behzod Musayev, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov hamda Britaniyaning “Association of Labour Providers” (ALP - Mehnat ta’minotchilari uyushmasi) bosh direktori David Camp bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: ALP - Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat, logistika kabi sohalarda ishchilarni yetkazib beruvchi va manfaatlarini qo‘llab quvvatlovchi tashkiloti. Ushbu uyushmaga 300 dan ziyod yirik kompaniyalar a’zo.

Muzokarada, Buyuk Britaniya Mehnat ta’minotchilari uyushmasi (ALP) direktori janob David Camp: "O‘zbekiston Migrasiya agentligi bilan o‘zbekistonlik yoshlarni Angliya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz", - deya ta’kidladi.



Uchrashuvda, Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish hamda yurtdoshlarimizni xavfsiz va tashkillashtirilgan holda ishga yollash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Kiritildi: Bugun 12:29. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!