2025 yilning 19 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Ann-Mari Deko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Fransiya hamkorligining dolzarb masalalari, jumladan, O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy aloqalar, energetika, transport, strategik mineral resurslar va qayta tiklanadigan energetika sohalaridagi investisiya loyihalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalarida gumanitar hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.