🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning importi hajmi 41,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
📊 Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 % ga o‘sgan.
🤩 Mazkur davrda O‘zbekiston 180 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi.
🌍 2025 yilning 11 oyida O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlatlar (AQSh dollarida):
— Xitoy – 12,8 mlrd;
— Rossiya – 7,8 mlrd;
— Qozog‘iston – 3 mlrd;
— Turkiya – 1,7 mlrd;
— Koreya Respublikasi – 1,5 mlrd;
— Germaniya – 1 mlrd;
— Hindiston – 1 mlrd;
— Turkmaniston – 926,2 mln;
— Belarus – 698,8 mln;
— AQSh – 656,1 mln.