Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston energetika bozorida monopoliya bekor qilinadi

O‘zbekiston energetika bozorida monopoliya bekor qilinadi

Endilikda energiya ishlab chiqarish va sotishda monopol mavqe bo‘lmaydi, deb xabar berdi “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov.

Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston energetika sohasiga jiddiy o‘zgarishlar olib kiradigan “Energetika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi partiya fraksiyasining 8 iyuldagi navbatdagi yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda ma’qullandi.

“Mobil aloqada xizmat ko‘rsatadigan kompaniyani tanlaganingizdek energiya sotadigan kompaniyani ham tanlash huquqingiz bo‘ladi. Energiya ishlab chiqaruvchi va sotuvchi kompaniyalar orasida raqobat bo‘ladi. Amaldagi qonunda bu taqiqlangan edi”, — deydi Alisher Qodirov.

Ushbu qonun loyihasi bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, saqlash, elektr energiyasi bilan ta’minlash, markaziy xaridorning funksiyalarini bajarish, elektr energiyasi savdosi, importi va eksporti lisenziya asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, energetika bozori ishtirokchilarining maqomi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi aks etyapti. Bundan tashqari, elektr energiyasi bozorini tashkil etishga oid qoidalar, elektr energetikasi sohasida tariflarni shaffof tamoyillar asosida shakllantirish tartiblari nazarda tutilmoqda.

Kiritildi: 10:13 09.07.2024. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!