Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun AQShning Yuta shtati Senati a’zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegasiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ta’lim, biznesni rivojlantirish, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar muhokama qilindi.
“Silicon Slopes” texnologiyalar hududi hamda Yuta shtati universitetlari bilan aloqalar o‘rnatishga katta qiziqish bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildik. Ishonchim komilki, bu mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning hali boshlanishi, — deb yozadi Prezident yordamchisi o‘zining Telegram sahifasida.