AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar rahbariyati bilan 1,2 trillion dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, gap, xususan, mudofaa sohasida hamkorlik haqida ham ketmoqda. AQSh ma’muriyatining ma’lum qilishicha, imzolangan bitimlar «Amerikani yangi Oltin davr yo‘liga olib chiqadi».
«Bugun prezident Donald Tramp Qatarda mamlakat rahbariyati bilan 1,2 trillion dollardan ortiq iqtisodiy hamkorlik bitimini imzoladi», — deyiladi xabarda.
Oq uyning hisoblashicha, ushbu bitimlar «kelajak avlodlar uchun innovasiyalar va farovonlikni ta’minlaydi, Amerika ishlab chiqarish hamda texnologik yetakchiligini mustahkamlab, mamlakatni yangi Oltin asr sari yo‘naltiradi».
Bundan tashqari, Qatar Airways aviakompaniyasi Boeing konserni bilan 160 ta samolyot sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, ushbu bitim 200 milliard dollarga baholanmoqda.