23 yil davomida Wanderlust sayohat jurnali har yilgi Reader Travel Awards uchun dunyodagi eng sevimli manzillarga ovoz berish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazib kelmoqda.
Bu yil 168 ming sayohatchi 22 turli toifada ovoz berdi. O‘quvchilar o‘zlarining sevimli istiqbolli yo‘nalishlari uchun ham ovoz berishdi va O‘zbekistonni eng istiqbolli rivojlanayotgan yo‘nalish deb e’tirof etishdi.
“Markaziy Osiyoning bu durdonasi Samarqand va Buxoro singari qadimiy shaharlarni o‘z bag‘riga olgan. Bu shaharlarning islomiy me’morchiligi va jonli bozorlari Sizni tarixga sayr ettiradi”, deya Wanderlust O‘zbekistonga ta’rif beradi.
Jurnal “O‘zbekiston o‘zining tarixiy boyliklaridan tashqari, Qizilqum cho‘lining bepoyon kengliklaridan tortib Orol dengizi qirg‘oqlarigacha bo‘lgan ajoyib tabiiy manzaralarga egaligi, biroq bu go‘zalliklar ko‘pincha munosib e’tibordan chetda qolishi” ta’kidladi.
“Ammo bu O‘zbekistonda ko‘rish mumkin bo‘lgan hamma narsa emas. Mamlakat hududida Nurota tog‘lari joylashgan. Shuningdek, O‘zbekistonning uzoq vinochilik tarixi va UNESCO’ning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan milliy taomi —bilan tanishish orqali o‘zbek madaniyatiga chuqurroq sho‘ng‘ish imkoniyatlari ham mavjud” deb yozadi Time Out nashri.
Ro‘yxatda Albaniya ikkinchi, Qatar esa uchinchi o‘rinni egalladi. Quyida eng yaxshi o‘ntalikdan joy olgan davlatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Dunyoning eng istiqbolli 10 ta yangi sayyohlik yo‘nalishlari: