Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston Birinchi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanishdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Serbiya Birinchi xonimi Tamara Vuchich hamrohligida Belgraddagi qator madaniy ob’ektlarga tashrif buyurdi.

Dasturning ilk manzili Serbiya Milliy muzeyi bo‘ldi. Birinchi xonimlar muzey ekspozisiyasi bilan tanishib, unda mamlakat tarixiga oid arxeologik topilmalar, shuningdek, serb va jahon san’ati asarlarini ko‘zdan kechirdilar. Shu bilan birga, oliy martabali mehmonlar «Etno-mreya» an’anaviy hunarmandchilik ko‘rgazmasi bilan ham tanishdilar.

Mamlakatning eng muhim milliy yodgorliklaridan biri — serb kirill yozuvining eng qadimiy namunasi hisoblangan Miroslav Injiliga alohida e’tibor qaratildi. XII asrga oid ushbu noyob qo‘lyozma yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lib, uning miniatyuralari mahorat bilan bezatilgan. 2005 yilda Miroslav Injili YUNESKOning «Jahon xotirasi» xalqaro reestriga kiritilgan.

Shundan so‘ng Birinchi xonimlar dunyodagi eng yirik pravoslav ibodatxonalaridan biri va Serbiyaning muhim ma’naviy ramzi bo‘lgan Avliyo Savva cherkoviga tashrif buyurdilar.

Samimiy muloqot chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

Kiritildi: 21:30 08.09.2026. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!