Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston bilan Tanzaniya o‘rtasida cheksiz aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston bilan Tanzaniya o‘rtasida cheksiz aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAOning havo qatnovi bo‘yicha O‘zbekiston va Tanzaniya Birlashgan Respublikasi o‘rtasida yuk va yo‘lovchi tashuvlarini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 21 marta, yuk tashish bo‘yicha esa cheksiz aviaqatnovlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzolangan.

Ma’lumot uchun, Tanzaniya O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi yo‘nalish hisoblanadi. Mamlakat o‘zining mo‘tadil ob-havo sharoiti, Maldiv orollari bilan bellasha oladigan zilol suvlariga ega Zanzibar oroli, yovvoyi tabiat qo‘ynidagi savannalari hamda sarguzashtlarga boy Klimanjaro tog‘lari bilan turistlar e’tiborini, shuningdek, qahva, choy, kakao, gullar va tropik mevalari bilan savdogarlar e’tiborini tortib keladi.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!