O‘zbekistonda ikki o‘quvchi qiz ta’lim muassasasida o‘qituvchini kaltakladi. Bu haqda «Upl.uz» xabar bermoqda .
Nashrning yozishicha, hodisa Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda bir necha hafta oldin sodir bo‘lgan, biroq hozirgina ma’lum bo‘ldi — voqea videoga olindi. Kadrlarda ikki o‘rta maktab o‘quvchisi o‘qituvchiga hujum qilganini ko‘rish mumkin. Ma’lum qilinishicha, ta’lim muassasasining boshqa xodimlari ularni ajratishga harakat qilgan.
O‘smirlar va o‘qituvchi o‘rtasidagi mojaro sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Tuman maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limi vaziyatni o‘z nazoratiga olib, surishtiruv ishlarini olib bormoqda.