Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston banklari 2025 yilning birinchi yarmida qancha foyda ko‘rdi?

O‘zbekiston banklari 2025 yilning birinchi yarmida qancha foyda ko‘rdi?

Dastlabki yarim yillikda banklar umumiy hisobda 6 trln 508 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan qariyb 18 foizga ko‘p.

Bankers1
Manba: Bankers.uz

Davlat banklari

O‘tgan hisobot davrida ayrim banklar faoliyati zarar bilan yakunlangan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi yarmida barcha davlat banklari moliyaviy jihatdan ijobiy natijaga erishdi.

Eng katta foyda olgan bank — O‘zmilliybank bo‘lib, uning yarim yillik sof foydasi 1 trln 5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Undan keyingi o‘rinda quyidagilar joy olgan:

  • O‘zsanoatqurilishbank — 808,6 mlrd so‘m;
  • Biznesni rivojlantirish banki — 319,7 mlrd so‘m;
  • Aloqabank — 97,9 mlrd so‘m;
  • Mikrokreditbank — 45,5 mlrd so‘m;
  • Xalq banki — 19 mlrd so‘m;
  • Agrobank — 17,6 mlrd so‘m;
  • Turonbank — 14,6 mlrd so‘m.

Faqatgina Asakabankning foydasi kamaydi — uning sof foydasi 47,4 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 23,5 mlrd so‘mga kam.

Xususiy banklar

Xususiy sektor banklarining ko‘rsatkichlari esa turlicha. Ayrimlari foyda ko‘rgan bo‘lsa, ba’zilari esa zarar ko‘rgan. Masalan, Kapitalbank 602,4 mlrd so‘m sof foyda bilan yuqori o‘rinlardan birini egallagan bo‘lsa-da, bu o‘tgan yilga nisbatan 109,9 mlrd so‘mga kam.

Xuddi shunday, TBC Bank Uzbekistan (–53,3 mlrd so‘m) va Ziraat Bank Uzbekistan (–10,5 mlrd so‘m) foyda qayd etsa-da, ko‘rsatkichlari kamaygan.

Moliyaviy zarar bilan yarim yillikni yakunlagan banklar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:

  • Ipoteka Bank – 392,5 mlrd so‘m;
  • Apex Bank – 62,4 mlrd so‘m;
  • Yangi Bank – 55,6 mlrd so‘m;
  • Evroosiyo Banki – 51,6 mlrd so‘m;
  • Garant Bank – 9,7 mlrd so‘m;
  • AVO Bank –1,8 mlrd so‘m.

Shu o‘rinda, barqarorlik sari intilayotgan banklar ham yo‘q emas. Masalan, o‘tgan yili 15,6 mlrd so‘m zarar ko‘rgan Tenge Bank bu safar 3,5 mlrd so‘mlik foydaga chiqa oldi. Bundan tashqari, Octobank 162,3 mlrd so‘m sof foyda qayd etdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 112,6 mlrd so‘mga ko‘proq.

Ma’lumot uchun, banklarning sof foydasi yoki zarar ko‘rsatkichlari daromad va xarajatlar (shu jumladan soliqlar) o‘rtasidagi farq orqali aniqlanadi. Shuni unutmaslik kerakki, zarar qayd etilishi bank faoliyatining barqaror emasligini anglatmaydi — bu ko‘pincha investision faoliyat, kredit siyosati yoki bozor sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 18:44 25.07.2025. O'qildi: 879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!