Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston avgust oyida 2 tonna oltin xarid qildi

O‘zbekiston avgust oyida 2 tonna oltin xarid qildi

Markaziy banklar avgust oyida jahon oltin zaxiralariga sof 15 tonna oltin qo‘shdi, deya xabar bermoqda Jahon oltin kengashi (World Gold Counsil – WCG)

Bu ko‘rsatkich mart–iyun oylaridagi oylik sof xaridlar bilan mos keladi va iyul oyidagi tanaffusdan so‘ng markaziy banklar oltin xaridiga qaytganini bildiradi

WCG hisobotiga ko‘ra, joriy yilda bir necha marta tarixiy rekord darajaga yetgan oltin narxining o‘sishi markaziy banklarning sotib olish hajmini cheklab turishi mumkin. Ba’zi markaziy banklar bu vaziyatda qisqa muddatli sotuv strategiyasini ham qo‘llashmoqda. Ammo so‘nggi oylaridagi xaridlarning sekinlashuvi markaziy banklar oltindan butunlay yuz o‘girdi, degani emas. Aksincha, ular hali ham oltin ulushini oshirishdan manfaatdor.

Avgust oyida 7 markaziy bank oltin zaxiralarini (kamida 1 tonnaga) oshirdi. Faqat ikki markaziy bank oltin zaxirasining kamaygani haqida ma’lumot bergan.

• Qozog‘iston milliy banki 8 tonna oltin sotib oldi — bu ketma-ket oltinchi oy xarid. Uning oltin zaxiralari hozirda 316 tonnani tashkil etadi, bu 2024 yil oxiriga nisbatan 32 tonnaga ko‘p.

• Bolgariya milliy banki oltin zaxirasini 2 tonnaga oshirdi — bu 1997 yil iyunidan buyon eng yirik oylik o‘sish (o‘shanda 8 tonna xarid amalga oshirilgan). Endi mamlakatning jami oltin zaxirasi 43 tonnaga yetdi.

• Turkiya markaziy banki xalqaro zaxiralariga 2 tonna oltin qo‘shdi. Shu bilan yil boshidan buyon rasmiy oltin zaxiralari 21 tonnaga oshib, 639 tonnaga yetdi.

Xitoy Xalq banki 2 tonna oltin sotib oldi — bu ketma-ket o‘ninchi oy xarid. Endilikda Xitoyning jami oltin zaxiralari 2300 tonnadan oshdi, biroq bu umumiy xalqaro zaxiralarning atigi 7 foizini tashkil etadi.

• O‘zbekiston Markaziy banki ham avgust oyida 2 tonna oltin sotib oldi. Umumiy oltin zaxirasi hozirda 366 tonnani tashkil etmoqda — bu 2024 yil oxiriga nisbatan 17 tonnaga kam.

• Chexiya milliy banki esa 2 tonna oltin sotib olib, 30 oylik uzluksiz xarid seriyasini davom ettirdi. Uning oltin zaxiralari hozir 65 tonna. Chexiya 2028 yil oxirigacha xalqaro zaxiralari tarkibida 100 tonna oltin saqlashni maqsad qilgan.

• Gana banki 2 tonna oltin qo‘shib, yil boshidan beri jami 5 tonna xarid qildi. Uning oltin zaxirasi 36 tonnaga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Markaziy banki (3 tonna) va Indoneziya banki (2 tonna) oltin sotgan yagona markaziy banklar bo‘lgan. Rossiya oltin zaxirasining kamayishi, ehtimol, mamlakatning tanga zarb qilish dasturi bilan bog‘liq.

WCG markaziy banklarning 2025 yilning III choragidagi oltin talabi haqidagi to‘liq hisobotini 30 oktyabrda e’lon qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:56 04.10.2025. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!